
Retsept:
🥩Qo’y go’shti
🥩Mol go’shti
🍗4-5 ta tovuq oyoqlari
🧅2 ta piyoz
🥕3 ta sabzi
🍅3ta pomidor
🫑3ta kok balgarskiy
🍚100 gr ivitilgan no’xat
🥔4-5ta kartoshka
🍘250 gr qiyma
🧅1 ta kichkina piyoz( tyorkadan chiqaramiz)
🥚1 kichkina tuxum
🍚1.5 osh.q guruch
🧂Pripravala
( tuz,murch, paprika, maydalangan kashnich)
Xammasi aralashtirib shakl berib chiqamiz.
Tayyorlanishi:
Xamma go’shtlarimizni yaxshilab yuvib qozonga yarim qozon muzdey suv solib bitta qaynatib olamiz va suvini to’kib boshqatdan qozonni toldirib suv solamiz.
Shu xolatda 1.5 soat qaynatamiz.
Keyin sabzavotlarni yirik tog’rab solamiz.
Yana 1.5 soatcha qaynatib keyin kartoshkalarni solamiz.
Kartoshka pishgach tayyor!