
Retsept:
200 gr smetana
1 ta tuxum
1 choy qoshiq razrexlitel
Un
1 ta pomidor
2 ta piyoz
2 ta kartoshka
1 bogʻ ukrop
Ta’bga koʻra tuz
Murch, paprika
Hona haroratida turgan margarinni un va razrexlitel bilan urpogʻlab olamiz. Ustidan smetana, tuxum solib oʻrtacha yumshoqlikdagi hamir qoramiz.
Boshqa idishda tovuq filesi,ukrop,pamidor,kartoshka va piyozni mayda kubik shaklida toʻgʻrab, tuz, murch, paprika, saryog solib aralashtirib qoʻyamiz.
Tingan hamirimizni ikkiga boʻlib (katta, kichik) yoyib olamiz, orasiga nachinkamizni solib ustidan ikkinchi hamirimizni qoyib videoda koʻrsatilgandek tugib chiqamiz. Ustidan tuxum sarigʻi surtib, iz tushirib kunjut sepib 180 gradusga 40 daqiqaga pishirish uchun pechga yuboramiz.
Qiymali pirogimiz tayyor boʻldi. Albatta tayyorlab koʻring.