Fasol, pishloq va suxarikdan tayyorlangan salat nafaqat mazali, balki to`yimli ham bo’ladi. Dam olish yoki oilaviy kechki ovqat uchun juda mos keladi. Agar siz ozgina sarimsoq qo’shsangiz, salatingiz bundanda ajoyib chiqadi.
Tarkibi
Salat tayyorlash uchun sizga kerak bo’ladi: o’z sharbatida qizil loviya – 1 dona (bir bonka); konservalangan makkajo’xori – 1 dona; qattiq pishloq – 150 g; qaynatilgan tuxum – 3 dona; sarimsoq – tabga ko`ra; mayonez – tabga ko`ra ; tuz va qalampir – tabga ko`ra ; suxariklar – 2 hovuch.
Pishirish bosqichlari
Suyuqlikni to`kib tashlab loviya va makkajo’xorini idishga soling.
Tuxumlarni maydalang, sarimsoqni maydalang. Idishga qo’shing.
Pishloqni qirg’ichda maydalang, loviya, makkajo’xori va tuxum qo’shing.
(function(w, d, n, s, t) { w[n] = w[n] || []; w[n].push(function() { Ya.Context.AdvManager.render({ blockId: “R-A-384868-5”, renderTo: “yandex_rtb_R-A-384868-5”, async: true }); }); t = d.getElementsByTagName(“script”)[0]; s = d.createElement(“script”); s.type = “text/javascript”; s.src = “//an.yandex.ru/system/context.js”; s.async = true; t.parentNode.insertBefore(s, t); })(this, this.document, “yandexContextAsyncCallbacks”);Tabga ko`ra ziravorlar, sarimsoq va b.qlarni solib mayonez bilan aralashtiring
Suxariklar uchun 2-3 bo’lak nonni mayda kubiklarga kesib oling va tapada quriting.
Salatni salat idishiga soling va suxariklarni seping. Salatni dasturxonga tortishdan oldin loviya, pishloq va suxariklarni aralashtiring.
Yoqimli ishtaha !!!