
MASALLIQLAR
- sabzi – 1 dona
- piyoz – 1 dona
- bodring – 2 dona
- bulg’or qalampir – 1 dona
- tuz – bir chimdim
- ko’kat – ta’bga ko’ra
- sarimsoqpiyoz donasi – 2 dona
- funchoza – 200 gr
- mol go’shti qiymasi – 100 gr
- soya sousi – ta’bga ko’ra
TAYYORLASH USULI
- Qaynab chiqqan suvga funchoza kraxmalini solib, 10daqiqacha dimlab qo’yamiz.
- Kraxmal yumshagach suvdan olib,muzdak suvda bir chayvolamiz.
- Sabzidan markovcha tayyorlab olamiz.
- Tovaga yog’ solib qizdiramiz va parrak to’g’ralgan piyoz,qiyma solib qovuramiz.
- Mayda to’g’ralgan chesnok,tuz qo’shib 1 2 aralashtiramiz. Ozgina soya sousi solib 8-10 daqiqaga dimlab qo’yamiz.
- Gazni o’chirib,somoncha to’g’ralgan balgariskiyni solib aralashtiramiz.
- Bodringni yarim oy shaklda to’g’rab olamiz.
- Barcha masalliqni bir-biriga qo’shib, qo’lda aralashtiramiz.
- Va 1osh qoshiq soya sousi,ko’kat, xoxishga qarab qalampir,chesnok qo’shib aralashtirib,dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!