Milfey haqida gap ketganda, biz juda mazali narsani tasavvur qilamiz, biroq uni tayyorlash nihoyatda qiyin deb o’ylaymiz, ammo bu unday emas.
Manba: zira.uz
Ushbu fransuzcha desertni tayyor xamirdan tayyorlashingizni maslahat beramiz. Retsept o’zining oddiyligi va masalliqlarning ajoyib kombinatsiyasi bilan sizni lol qoldiradi. Karamellashtirilgan qarsildoq korj, mayin krem va yangi rezavor mevalardan yana nima mazaliroq bo’lishi mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *